10:14 / 23.06.2024
138

Antoniu Guterrish: “Livan yangi G‘azoga aylanmasligi kerak”

Antoniu Guterrish: “Livan yangi G‘azoga aylanmasligi kerak”
Foto: Google Images
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Livan va Isroil o‘rtasidagi chegaradagi taranglik xavfli darajaga yetib, mintaqaviy inqirozga tahdid solayotgani haqida ogohlantirdi.

Birgina o‘ylamasdan qilingan qadam, bitta noto‘g‘ri hisob-kitob falokatga olib kelishi mumkin, buni tasavvur qilish ham qo‘rqinchli”, — deya bosh kotib so‘zlarini keltiradi G‘arb OAV.

Ochig‘ini aytaylik: mintaqa aholisi, butun dunyo Livanning yangi G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deb ta’kidladi Guterrish.

U xalqaro hamjamiyat aniq tushuncha berishi zarurligini ta’kidladi: Isroil-Livan chegarasidagi muammoni harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘q, keskinlikni yumshatish zarur.

HAMASning Isroilga hujumi va G‘azo sektorida Isroil harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng Livanda joylashgan Hizbulloh jangchilari va Isroil harbiylari chegarada bir-birlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda.

Avvalroq Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani Madridga tashrifi chog‘ida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish orqali mintaqaning boshqa hududlarida vaziyat yomonlashuvining oldini olsih mumkinligini aytdi.

Shu bilan birga, u vositachilar G‘azoda sulh tuzishga urinishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erisha olganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antoniu Guterrish: “Livan yangi G‘azoga aylanmasligi kerak”