00:10 / 24.06.2024
304

Isroil Falastin davlatini tan olganlarga sanksiya qo‘llamoqchi

Isroil Falastin davlatini tan olganlarga sanksiya qo‘llamoqchi
Foto: Reuters
Isroil hukumati Falastin davlatini tan olayotgan mamlakatlarga qarshi chora ko‘rishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Ynet xabar berdi.

22 may kuni Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olganliklarini e’lon qildi. 5 iyun kuni Sloveniya, 21 iyun kuni esa Armaniston ham xuddi shunday qaror qabul qildi. Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi bu davlatlarning elchixonalarni yopishni va elchilarini chaqirib olishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, ushbu davlatlarning Isroildagi diplomatik vakolatxonalarini yopish yoki cheklash tavsiya qilingan. Natijada ushbu mavzu bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishilgan. Malta va Avstraliya ham Falastin davlatchiligini tan olishni ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘arbiy Sohildagi falastinliklarning 80 foizi 7 oktyabrda HAMASning yahudiy davlatiga hujumini qo‘llab-quvvatlagani, shu sababli Falastinni tan olish “terror uchun mukofot” deb atagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Falastin davlatini tan olganlarga sanksiya qo‘llamoqchi