Foto: Yonhap
Janubiy Koreyada 24 iyun kuni litiy batareyalari ishlab chiqaradigan zavodda yong‘in kelib chiqishi oqibatida 20 ga yaqin xodim halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Yonhap agentligi ma’lum qildi.
Hodisa Seul janubidagi Xvason shahrida yuz bergan. Litiy batareyalari ishlab chiqaruvchi zavodning asosiy ishlab chiqarish binosida noma’lum sababga ko‘ra alanga yuzaga kelgan.
Rasmiylar yong‘indan oldin bino ichida bo‘lgan 23 nafar ishchi bedarak yo‘qolganini bildirgan. Ularning 20 nafari Xitoydan kelgan ishchilar bo‘lgan.
Litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi Aricell kompaniyasining Seuldan 45 kilometr janubda joylashgan Xvasondagi zavodida dushanba kuni ertalab soat 10:30 da yong‘in boshlangan. Yong‘in soat 15:00 ga kelibgina nazorat ostiga olingan.
Zavod hududida kichik portlashlar davom etayotgani xabar qilingan. Faol yonish natijasida yaqin atrofdagi turar joy binolariga uchqunlar kelib tushayotgani aytilgan.
Yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra umumiy maydoni qariyb 2300 kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli, temir-beton konstruksiyali binoda sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘liq o‘chirishda qiyinchiliklarga duch kelishgan, chunki litiy batareyalarini odatiy vositalar bilan o‘chirish qiyin.
Qutqaruvchilar zavod ichidagi akkumulatorlar birma-bir, katta vayrongarchiliklar olib kelib portlayotganini aytgan. Yonayotgan bino ichida shunday batareyalardan 35 mingtasi borligi xabar qilingan.
Hukumat favqulodda vaziyatlar va xavfsizlikka qarshi kurash markaziy shtabining yig‘ilishini chaqirib, halokat qurbonlarini minimallashtirish choralarini muhokama qilgan. Yig‘ilishda ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Li Sang Min barcha tegishli davlat idoralari va mahalliy hukumatlardan yong‘inni o‘chirish va tirik qolganlarni qutqarish uchun mavjud resurslar va xodimlarni safarbar qilishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi