
Turkiya sharqida joylashgan Van shahri hududida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida kamida 11 kishi jarohatlangan. Bu haqda "Kun" xabar qildi.
Portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil viloyat hokimiyati binosi yaqinida portlatilgan. Portlash ro‘y bergan hududdagi binolarning derazalari to‘kilib tushgan. Hududdagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi binosi ham portlashdan zarar ko‘rgan.
Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot zimmasiga olmadi. Lekin bu hudud Kurdiston ishchilar partiyasi faol harakat qiladigan hudud hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar