13:52 / 25.06.2024
128

Shimoliy Koreya janubga 350 ga yaqin chiqindi sharlari uchirdi

Shimoliy Koreya janubga 350 ga yaqin chiqindi sharlari uchirdi
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomonga 24 iyun kuni 350 ga yaqin chiqindi sharlar uchirdi. Bu haqda CNN nashri Koreya yarimoroli mahalliy nashrlariga tayanib, xabar berdi.

Chiqindi sharlari haqida ilk bor Janubiy Koreyaning demilitarizatsiya zonasi atrofida joylashtirgan harbiy qismlari xabar bergan. Zonaning g‘arbiy qismi bo‘ylab ko‘plab sharlar Seul havo zonasiga kirib kelgan.

Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi ham hodisani tasdiqlab, favqulodda chora ko‘rishga chaqirgan. Seul bilan chegaradosh shimoliy Kyonggi provinsiyasida havo-mudofaa tizimlari ishga tushirilgan.

Seul poytaxti hukumati Seul osmoniga Shimoliy Koreya sharlari kirib kelgani haqida aholiga ogohlantiruvchi xabarlar yuborgan. Fuqarolardan qulagan sharlarga tegmaslik va so‘nggi holatlar haqida rasmiylarga xabar berish so‘ralgan.

Bizning harbiy kuchlarimiz zudlik bilan Shimoliy Koreyaga qarshi tashviqot tadbirlarini boshlashga tayyor. Strategik va operativ vaziyatga qarab moslashuvchan harakat qilamiz”, — degan Birlashgan shtab boshliqlari kengashi seshanba kuni e’lon qilgan hisobotida.

Shimol uchirgan havo sharlari ichidan axlat, hasharotlar va qurtlar topilgan. Tutib olingan sharlar ichidan portlovchi yoki boshqa xavfli vositalar topilmagani aytilgan.

Ushbu havo sharlari uchirilishi Koreya yarimorolidagi keskinlik kuchaygan va Koreyalararo diplomatiya boshi berk ko‘chada qolayotgan bir paytda sodir bo‘ldi. O‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya bilan mudofaa shartnomasini imzolashi ortidan demilitarizatsiya zonasi ikki tomonidan jiddiy chaqiriqlar yangragan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya janubga 350 ga yaqin chiqindi sharlari uchirdi