15:32 / 25.06.2024
254

Turkiya TIV: Ukrainadagi urush yadro qurolidan foydalanishga olib kelishi mumkin

Turkiya TIV: Ukrainadagi urush yadro qurolidan foydalanishga olib kelishi mumkin
Foto: Reuters
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Ukraina mojarosining keskinlashuvidan chuqur xavotir bildirib, bu butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.

Fidan urushning narxi nafaqat mintaqa, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun nihoyatda qimmat ekanini bildirdi.

"Davom etayotgan urushning mintaqa va butun dunyo uchun tovoni juda katta. Bundan ham jiddiysi, xavf o‘sishi va tarqalishi mumkin. U geografik jihatdan tarqalishi mumkin. Yadro qurolidan foydalanish ehtimoli masalasi kun tartibida bo‘lishi mumkin", — dedi vazir.

Siyosatchi Turkiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri uni diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga harakat qilib kelgani va bu davom etishini aytdi.

"Urush davom etar ekan, uning tarqalish xavfi saqlanib qoladi, undan qutulib bo‘lmaydi. Har bir tomon voqealar rivojini o‘zgartiradigan usullardan foydalanishga majbur bo‘ladi. Uchqun boshqa joylarga tarqalishi mumkin", — dedi Fidan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya TIV: Ukrainadagi urush yadro qurolidan foydalanishga olib kelishi mumkin