13:06 / 26.06.2024
211

Mashhur kino yulduzlarning qizlari qanday ko‘rinishga ega?

Mashhur kino yulduzlarning qizlari qanday ko‘rinishga ega?
Garchi ular dunyoga mashhur bo‘lsalar ham farzandlari uchun oddiy ota-ona bo‘lib qoladi. Keling, taniqli Gollivud aktyorlarining qizlari qanday ko‘rinishga ega ekanligini va ularning yulduz otalariga o‘xshashligini bilib olamiz.

Ella Kreyg

Deniyel Kreygning to‘ng‘ich qizi 1992 yilda tug‘ilgan, onasi shotlandiyalik aktrisa Fiona Loudon bo‘lib, ular ikki yillik turmushdan keyin 1994 yilda ajrashgan.

O‘zining qahramoni agent 007 singari Deniyel ham shaxsiy hayotini sir tutadi — ingliz aktrisasi Reychel Vays bilan nikohidan tug‘ilgan ikkinchi qizining ismi hatto ma’lum emas. U 2018 yilda tug‘ilgani e’lon qilingan xolos.

Mett Deymonning qizlari

Jeyson Born va Denni Oushen haqidagi franshizalar yulduzi uch qizning baxtli otasi: 18 yoshli Izabella, 15 yoshli Jia va 13 yoshli Stella. Bundan tashqari, aktyor avvalgi rafiqasi Luchana Barrosoning qizi Aleksiyani asrab olgan.

Mutlaqo sirli Kreygdan farqli o‘laroq, Deymon va uning rafiqasi vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy sayohatlardan fotosuratlarni e’lon qiladi. Mett ham qizlarini tez-tez Gollivud premeralariga olib boradi.

Rayan Reynoldsning qizlari

Rayan Reynolds rafiqasi Bleyk Layvli bilan birga to‘rtta qizni tarbiyalaydi. Ular — 9 yoshli Jeyms, 7 yoshli Ines va 4 yoshli Betti. Mashhur ota-onalar 2022 yil sentyabr oyida tug‘ilgan to‘rtinchi qizining ismini haligacha sir tutadi.

Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lgan “Dedpul” aktyori xotiniga minnatdorlik bildirib, uni orzudagi otaga aylantirganini aytadi.

Indiya Rouz Xemsvort

12 yoshli Indiya Marvel olamida Tor rolini ijro etgan aktyor va uning rafiqasi aktrisa Elza Patakining (juftlikning 10 yoshli egizak o‘g‘illari ham bor) to‘ng‘ich farzandi. Ehtimol, Kris Xemsvortning qizi katta bo‘lganida ota-onasining izidan borar — u allaqachon mashhur otasining ikkita filmida epizodik rollarni ijro etgan.

Ella Stiller

Aktyor, prodyuser, rejissyor va ssenariy muallifi Ben Stiller va uning rafiqasi, aktrisa Kristin Teylorning ikki farzandi bor: 22 yoshli qizi Ella va 18 yoshli o‘g‘li Kvinlin. Ella allaqachon o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rgan, mashhur otasining bir nechta loyihalarida va uning do‘sti Adam Sandlerning komediyalaridan birida kichik rollarni o‘ynagan. Hozirda u ko‘plab kino, televideniye va teatr yulduzlari tugatgan nufuzli Jullyard maktabida o‘qish uchun karyerasidan tanaffus olgan.

Lola Iolani Momoa

Akvamen rolini ijro etgan aktyor va uning sobiq rafiqasi Liza Bonetning ikki farzandi bor: qizi Lola va o‘g‘li Nakoa-Vulf. Lola tez orada 17 yoshga to‘ladi va Jeyson Momoa uning otasi bo‘lganidan qanchalik xursand hamda g‘ururlanishini takrorlashdan charchamaydi.

Qiz raqsga tushish va syorfingga qiziqadi, lekin u hozircha kinoni o‘zining ish joyi sifatida ko‘rmaydi.

Uillou Smit

“Oskar” sovrindori Uill Smitning yagona qizi 23 yoshli Uillou yetti yoshida “Men afsonaman” filmida otasi o‘ynagan qahramonning qizini o‘ynab, ekrandagi debyutini qilgan. Ammo Uillou tez orada aktyorlik uning ishi emasligini anglaydi va musiqa bialn shug‘ullana boshlaydi.

Vida Alves Makkonaxi

“Oskar” sovrindori Metyu Makkonaxi va uning rafiqasi Kamila Alvesning 14 yoshli Vida ismli qizi va ikki nafar o‘g‘li bor. Otasining aytishicha, qizi o‘z ijodini san’at orqali namoyon etadi. “U chizishni yaxshi ko‘radi va grafik romanlarga qiziqadi”, deydi aktyor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur kino yulduzlarning qizlari qanday ko‘rinishga ega?
ePN