23:45 / 26.06.2024
583

Ramzan Qodirov vahhobiylarning yaqinlarini o‘ldirishga chaqirdi

Ramzan Qodirov vahhobiylarning yaqinlarini o‘ldirishga chaqirdi
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov vahhobiylikda gumon qilingan chechenlarning qarindoshlarini o‘ldirishga chaqirdi.

"Agar gumonlanuvchi shaytonlarga aloqador bo‘lsa, uning barcha urug‘i javobgarlikka tortilishi kerak. Kim birodarimizga tajovuz qilsa, biz qon adovati orqali hammani: otasini, ukasini, amakisini o‘ldiramiz", deydi Qodirov.

“Chechnya segodnya” davlat agentligi Qodirov xavfsizlik xodimini o‘ldirishga uringanlarning qarindoshlarini qonun doirasida to‘liq jazolash bilan tahdid qilganini xabar qilgan edi. Mintaqada terroristik jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilingan. Qodirov Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan huquq-tartibot idoralarini jamoat xavfsizligini ta’minlash va terrorizmning oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga chaqirgan.

"Huquq-tartibot idoralari va davlat idoralari xodimlarining hayotiga har qanday hujumlar nafaqat jinoyat sodir etganlar, balki ularga bilvosita yordam berganlar ham qonun doirasida to‘liq jazolanishini alohida ta’kidladim", deyiladi Qodirov postida.

24 iyun kuni jangarilarning ikki guruhi Derbent va Maxachqal’adagi cherkov va sinagogalarga, shuningdek, politsiya xodimlari va Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlariga hujum qilgan edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, teraktlar oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, ulardan 15 nafari huquq-tartibot xodimlari bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov vahhobiylarning yaqinlarini o‘ldirishga chaqirdi