11:51 / 27.06.2024
864

Toliblardan qochgan jurnalist ayol Rossiyadan Kobulga qaytib ketdi

Toliblardan qochgan jurnalist ayol Rossiyadan Kobulga qaytib ketdi
Foto: Kobra Hassani/YouTube
O‘z vatanida o‘lim jazosi kutayotgan afg‘on jurnalisti va faoli Kobra Hasaniy Rossiya hukumati unga boshpana berishdan bosh tortgach, Kobulga uchib ketdi. Xatarlarga qaramay, «Tolibon» harakatini tanqid qilgan 27 yoshli Hasaniy o‘z vataniga qaytdi, deb xabar berdi «Fontanka» 25 iyun kuni faolning advokatlariga tayanib.

Hasaniy Rossiyani tark etib, xavfsiz mamlakatga ketishga harakat qilgan

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Kobra Hasaniy advokatlar va Sankt-Peterburgdagi afg‘on diasporasi yordamida Rossiyadan xavfsiz mamlakatga ketishga harakat qilgan. «Albaniyadan Germaniyagacha ketish uchun ko‘p variantlar bor edi, ammo hamma narsa kuch, vaqt va pulni talab qildi», - deydi advokat Mariya Belyayeva.

Uning hamkasbi Yelena Fadeyeva Hasaniy Afg‘onistonga qaytishdan boshqa Rossiyani tark etishning haqiqiy imkoniyatlarini ko‘rmaganligini, unda Rossiya Federatsiyasida qolishga kuchi qolmaganini aytdi. U o‘z hukmi ustidan shikoyatni so‘nggi ko‘rib chiqish chog‘ida Moskvadan Kobulga uchib ketgan, deyiladi qo‘shimcha ravishda.

Jurnalist, restavrator va ayollar huquqlari faoli

OAV xabarlariga ko‘ra, Kobra Hasaniy toliblar hokimiyatga kelishidan oldin universitetni tamomlagan, televideniyeda ishlagan, Turkiyaning Anadolu agentligi va Amerikaning National Public Radio News radiosi bilan hamkorlik qilgan. Bundan tashqari, u o‘z restoranini boshqargan, shuningdek, ayollar huquqlari uchun kurashgan. 2021 yilda Hasaniy Afg‘onistondan Ukrainaga qochdi va Kiyev davlat universitetining ingliz tilidagi dasturiga o‘qishga kirdi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan so‘ng, Hasaniy Yevropa Ittifoqiga ketishga harakat qildi, ammo yordam berishga kelishib olgan mikroavtobus haydovchisi uni aldab, Polsha o‘rniga o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» hududiga olib kelgan, u yerdan jurnalist Rossiyaga ketishga majbur bo‘lgan.

Hasaniy Peterburgdan YEIga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan

2022 yilning may oyida Kobra Hasaniy Sankt-Peterburgdan YEIga ketishga uringan, biroq Afg‘onistondan kelgan boshqa qochqinlar bilan birga chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingan. 2024 yil fevralida Sankt-Peterburg sudi Hasaniy va u bilan birga ushlangan afg‘onlarni aybdor deb topdi, biroq ularning tergov izolatorida o‘tkazgan vaqtlarini hisoblab, ozod qildi. Bundan tashqari, sud jurnalistni Afg‘onistonga deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni u yerda unga tahdid solayotgan xavf tufayli bekor qildi.

Yanvar oyida Rossiya migratsiya xizmati Kobra Hasaniyga vaqtinchalik boshpana berishdan bosh tortib, bunga asos yo‘qligi sabab ekanini bildirdi. Biroq, Hasaniy o‘z ona tilida sud qarori chiqarilmaguncha Rossiyani tark eta olmadi, prokuratura esa hukm ustidan apellyatsiya berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblardan qochgan jurnalist ayol Rossiyadan Kobulga qaytib ketdi