12:30 / 27.06.2024
350

KXDR Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlariga muhandislik qo‘shinlarini yuboradi

KXDR Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlariga muhandislik qo‘shinlarini yuboradi
Foto: Vladimir Smirnov / TASS
Shimoliy Koreya Ukrainaning Donetsk viloyati hududlariga muhandislik va qurilish qo‘shinlarini yuboradi. Bu haqda 26 iyun, chorshanba kuni Amerika urushni o‘rganish instituti (Institute for the study of war, ISW) yozdi. Avvalroq Janubiy Koreyaning TV Chosun telekompaniyasi ismi sir qolishni istagan hukumat vakiliga tayanib, Pxenyanning shunday rejalari haqida xabar bergan edi.

ISW va TV Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya qo‘shinlari iyul oyida Ukrainaning egallab olingan hududlariga boradi va Donetsk infratuzilmasini tiklashga yordam beradi. Shimoliy Koreya armiyasida 10 ta muhandislik brigadasi mavjud, deya xabar beradi ISW. TV Chosun telekanaliga ko‘ra, agar Pxenyan bosib olingan hududlarga uch yoki to‘rtta brigada yuborsa, Rossiyadan har yili 115 million dollargacha mablag‘ olishi mumkin.

AQSH mudofaa vazirligi KXDRning niyatlariga izoh berdi. Vashington vaziyatning rivojlanishini kuzatib boradi, dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder brifingda.

Pxenyan-Moskva strategik sheriklik shartnomasi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 19 iyun kuni Pxenyanda ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Shartnoma ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

Qo‘shma Shtatlar ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan va Moskva 2023 yilda Rossiya Federatsiyasiga Shimoliy Koreya raketalari va o‘q-dorilarini yetkazib berishga kelishib olgan, bu, ehtimol, asosiy harbiy texnologiyalarni KXDRga o‘tkazish evaziga yuz bergan bo‘lishi mumkin. Rossiya ham, Shimoliy Koreya ham Shimoliy Koreya qurollari Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berilgani faktini inkor etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlariga muhandislik qo‘shinlarini yuboradi