14:40 / 27.06.2024
486

Germaniya kansleri: “Putinning tinchlik rejasi amalga oshsa, Ukraina omon qolmaydi”

Germaniya kansleri: “Putinning tinchlik rejasi amalga oshsa, Ukraina omon qolmaydi”
Foto: Bloomberg
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinning urushni tugatish uchun Ukrainaning to‘rtta hududidan voz kechish taklifiga munosabat bildirdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Mazkur taklif 26 000 kvadrat metr hududni Putinga jangsiz topshirishni anglatadi. Bu butun bir boshli mamlakat hududiga teng kela oladi.

Vaziyat ayon: Putin hanuz urush va qayta qurollanishga tayanishda davom etmoqda. Bunga hech kim ko‘z yuma olmaydi. Uning o‘t ochishni to‘xtatish taklifida bu yaqqol aks etgan. Buni taklif ham deb bo‘lmaydi, ammo uni ko‘rib chiqishga arziydi. U nafaqat o‘t ochishni to‘xtatish, balki rus qo‘shinlari hali noqonuniy ravishda bosib olmagan hududlardan voz kechishni o‘z ichiga oladi. Ukrainadan, shuningdek, demilitarizatsiya qilish va kelajakdagi harbiy yordamdan voz kechish talab etilgan.

Kimki Ukraina bu vaziyatni yengib o‘tib, Yevropada mustahkam tinchlik o‘rnatiladi, deb ishonsa, ehtimol, Russia Today'ni juda ko‘p tomosha qilayotgandir. Afsuski, Rossiya tinchlikni xohlamaydi. Hujumga uchragan Ukrainagina tinchlikni istaydi. Yangi agressiyaga qo‘rqmasdan va bo‘ysunmasdan adolatli tinchlik o‘rnatish
”, — deydi Shols.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri: “Putinning tinchlik rejasi amalga oshsa, Ukraina omon qolmaydi”