11:00 / 28.06.2024
586

Zelenskiy: “Ukraina katta yo‘qotishlar tufayli urushni cho‘zmoqchi emas”

Zelenskiy: “Ukraina katta yo‘qotishlar tufayli urushni cho‘zmoqchi emas”
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat hukumati ikkinchi “tinchlik sammiti”gacha mojaroni hal qilish rejasini taqdim etishga umid qilayotganini aytdi.

Ukraina jang maydonida yaradorlar va halok bo‘lganlarning ko‘pligi tufayli urushni imkon qadar tezroq tugatishga intiladi.

Bizda ko‘p vaqt yo‘q, chunki jang maydonida yaradorlar va halok bo‘lganlar ko‘p. Shuning uchun biz bu urushning yillar davom etishini istamaymiz. Shu sabab biz ushbu tinchlik rejasini ikkinchi sammitgacha tayyorlamoqchimiz”, dedi u.

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan birga matbuot vakillari uchun o‘tkazilgan qo‘shma uchrashuvda.

Zelenskiy yaqin bir necha oy ichida tinchlik rejasi ishlab chiqilishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Ukraina hozircha Rossiya tomoni bilan bu borada hech qanday aloqaga chiqmagan.

Agar tinchlik rejasi yashirincha tuziladigan bo‘lsa, unda buni bizga aloqasi yo‘q. Biz buni ochiq qilmoqchimiz”, — dedi Ukraina prezidenti.

15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenstok shahrida Ukraina bo‘yicha birinchi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 80 ta davlat va 4 tashkilot tomonidan imzolangan kommunike e’lon qilindi.

Rossiya tomoni taklifnoma olgan taqdirda ham tadbirda qatnashmasligini bildirdi. Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning sammitda ishtirok etishi muhimligi haqida xabar berdi, Ukraina bunga qarshi chiqdi. Shu bilan birga, kommyunikeda mojaroning barcha tomonlari kelajakdagi tadbirlarda ishtirok etishi zarurligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Ukraina katta yo‘qotishlar tufayli urushni cho‘zmoqchi emas”