13:30 / 28.06.2024
75

AQSH chechenistonlik hakerni Ukraina davlat saytlariga hujumda aybladi

AQSH chechenistonlik hakerni Ukraina davlat saytlariga hujumda aybladi
Foto: AP
AQSHning Merilend shtatidagi sudyalar hay’ati 22 yoshli Rossiya fuqarosi Amin Stigalni Ukraina va uning ittifoqdoshlari, jumladan, AQSHdagi bir nechta davlat idoralari kompyuter tizimlariga buzib kirishga uringanlikda aybladi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligining 26 iyun, chorshanba kuni chop etilgan press-relizida aytiladi.

Adliya vazirligi matniga ko‘ra, Stigal Rossiya harbiy razvedkasi («GRU») bilan Rossiyaning Ukrainaga to‘liq hujumi boshlanishidan bir oy ko‘proq vaqt oldin til biriktirgan. Stigal ayblanayotgan Ukraina IT-tizimlariga hujum 2022 yil 14 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. WhisperGate zararli dasturi yordamida Ukraina hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Energetika vazirligi, Agrar siyosat vazirligi, Faxriylar ishlari vazirligi veb-saytlari, shuningdek, davlat g‘aznachiligi va davlat xizmatlari veb-saytlariga hujum qilingan. Keyinchalik, prokuraturaning fikricha, Stigal Ukraina ittifoqchilari tizimlariga hujum qilgan.

Kiberhujumning asl maqsadi nima edi?

AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, virus to‘lov dasturi sifatida namoyon bo‘lgan, lekin aslida ma’lumotni yo‘q qilish uchun yaratilgan. Buzib kirilgan ba’zi saytlarda rus, ukrain va polyak tillarida e’lon paydo bo‘lib, unda Ukraina fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangani va internetga joylashtirilgani aytilgan. «Siz haqingizda barcha ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘ldi, qo‘rqing va eng yomonini kuting, bu sizning o‘tmishingiz, hoziringiz va kelajagingiz uchun», deyiladi matnda.

Shundan so‘ng Ukraina xavfsizlik xizmati («SBU») foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlanmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Stigalga qarshi ayblov xulosasiga ko‘ra, infratuzilmaga hujum qilgan dastur ma’lumotni o‘g‘irlamagan. Ayblov xulosasiga ko‘ra, WhisperGate aslida maqsadli kompyuter va unga tegishli ma’lumotlarni butunlay yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan kiberqurol hisoblanadi.

AQSH haker haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollar to‘lashga tayyor

AQSH Adliya vazirligining aniqlik kiritishicha, Stigal qo‘lga olinib sudlangan taqdirda maksimal tarzda besh yilga qamalishi mumkin. Uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qilindi. «Ayblov xulosasi qaytarilishi bilan bir vaqtda, AQSH Davlat departamentining «Adolat uchun mukofot» dasturi Stigalning qayerda ekanligi yoki uning zararli kiberfaoliyati haqida ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot taklif qilmoqda», deyiladi hujjatda.

Federal tergov byurosi (FTB) ma’lumotlariga ko‘ra, =aker rus, ingliz va arab tillarini biladi va uning «Dog‘iston Respublikasida aloqalari bor».

AQSHda rossiyalik hakerlar ushlanishi uchun mukofotlar e’lon qilinishi tizimli bo‘lib boryapti

AQSH Adliya vazirligi vaqti-vaqti bilan Rossiya fuqarolarini hukumat tizimlariga hujum qilganlikda ayblab, ularga sirtdan ayblovlar qo‘yadi. Avvalgi shunga o‘xshash hodisa yanvar oyi o‘rtalarida, Rossiyaga aloqador, Nobelium nomi bilan ham tanilgan Midnight Blizzard hakerlar guruhi Microsoft korporativ tizimlariga, jumladan, kompaniya rahbariyati elektron pochta akkauntlariga hujum qilganida sodir bo‘lgan edi.

G‘arbda Midnight Blizzard guruhi Rossiya tashqi razvedka xizmati («SVR») bilan aloqador sifatida ko‘riladi, deb ta’kidladi Microsoft. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hakerlar kamida 2018 yildan beri josuslik va razvedka bilan shug‘ullangan. Kompaniya Midnight Blizzard nishonlarini AQSH va Yevropadagi «hukumatlar, diplomatik muassasalar, nodavlat tashkilotlar va IT-xizmat provayderlari» deb atadi.

G‘arb rossiyalik hakerlar tomonidan amalga oshirilgan hujumlar, shuningdek, ularga qarshi kurashish choralari haqida bir necha bor xabar bergan. 2023 yil dekabr oyi boshida AQSH va Britaniya «FSB» xodimi» Ruslan Perepyatko va «siktivkarlik IT-xodim» Andrey Korinetsga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Vashington ularni nishoni «AQSH davlat idoralari» bo‘lgan «zararli kiberfaoliyat» bilan shug‘ullangan 18-markaz ishida ishtirok etishda aybladi. Ular haqida ma’lumot uchun ham 10 million dollar mukofot taklif qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH chechenistonlik hakerni Ukraina davlat saytlariga hujumda aybladi