
Bill Klintonning hikoya qilishicha, turmush o‘rtog‘i, AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonning sog‘ligi kutilmaganda yomonlashganiga qattiq chanqash sababdir. Bu haqda, Bill Charli Rouzga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Kun" nashri.
«Bunday holatlar Hillari bilan ko‘p yillar mobaynida bir necha marotaba yuz bergan. Axir u AQSh davlat kotibi, senator bo‘lgan vaqtlarda, keyin ham juda qattiq mehnat qildi», — deya hikoya qilgan Bill Klinton.
Nashrning Klinton xonim atrofidagi manbaga asoslangan holda yozishicha, Hillarining o‘ta chanqagani uning o‘zini yomon his qilishi va yiqilishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘pka shamollashi ham sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Hillari hozir ham suv ichish borasida jamoasi bilan ko‘p tortishadi.
11 sentyabr voqealariga bag‘ishlangan xotira marosimida ishtirok etgan Klinton o‘zini yomon his qilib, marosimni vaqtli tark etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar