Foto: Getty Images
AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning AQSHga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi.
Tramp agar Oq uyning boshida “aqlli prezident” bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya AQSHga dushman bo‘lmasligini ma’lum qildi.
"Bizning tashqi dushmanlarimiz bor — Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya. Ammo, aslida, agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular dushman bo‘lmaydi. Agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular sizga dushman bo‘lmaydi va siz shunchaki til topishib ketasiz", — dedi Tramp Virjiniyadagi mitingda.
Siyosatchi uning ma’muriyati davrida Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar hurmatiga sazovor bo‘lganiga va “hech qanday muammoga duch kelmaganiga” ishonch bildirgan. Trampning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning eng ashaddiy dushmanlari mamlakat tashqarisida emas, balki mamlakat ichidadir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi