© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
AQSH o‘zini Rossiya bilan urushga kirishishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor "De Nieuwe Wereld" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Aqli joyida hech kim G‘arbning hech kim bilan urush boshlashidan manfaatdor bo‘lmasligi kerak. Bunga hech qanday sabab yo‘q", — deydi u.
Makgregorning qayd etishicha, jahondagi voqealar rivoji alohida tashvish uyg‘otadi.
"Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, men aynan shu narsadan qo‘rqaman: biz ruslar bilan ziddiyatga tushib qolamiz, bizda hech qanday sharoitda jang qilish uchun hech qanday sabab yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi polkovnik.
Moskva Shimoliy Atlantika ittifoqining hech bir davlatiga tahdid solmasligini, biroq uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u muloqot uchun ochiq, lekin teng asosda, G‘arb esa Yevropani harbiylashtirish yo‘lidan voz kechishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi