15:00 / 30.06.2024
364

Bayden saylovlarni tark etadimi? AQSH rahbari javob qaytardi

Bayden saylovlarni tark etadimi? AQSH rahbari javob qaytardi
AQSH prezidenti Jo Bayden New York Times gazetasining saylovdan uning nomzodini olib tashlash chaqirig‘ini izohlar ekan, bunday qilmasligini aytdi va Nyu-Yorkdagi tarafdorlariga g‘alaba qozonishini va’da qildi.

Siyosatchining so‘zlari Oq uy matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.

Baydenga ko‘ra, saylovoldi raqobat qiyin bo‘lmaydi. Uning aytishicha, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat uchun haqiqiy tahdiddir.

30 iyun kuni Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori va BMTdagi sobiq doimiy vakil Nikki Xeyli AQSH Demokratik partiyasi prezidentlik saylovlariga Jo Baydendan yoshroq nomzod ko‘rsatish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Time jurnali Demokratik partiyadan bo‘lajak saylovlarda Baydenning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘qligini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan debatlarda Bayden tom ma’noda Trampdan mag‘lubiyatga uchradi. Uning holati ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. AQSHda Bayden nomzodini boshqa kishiga almashtirish haqida bot-bot gapirila boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden saylovlarni tark etadimi? AQSH rahbari javob qaytardi