21:36 / 30.06.2024
316

Xitoyda raketa yerga qulab tushdi (video)

Xitoyda raketa yerga qulab tushdi (video)
Foto: Videodan kadr
Xitoyning Xenan provinsiyasida sinov vaqtida Tianlong-3 raketa tashuvchisi yerga qulab tushdi va portladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Sinov jarayonida raketa korpusining sinov stendiga ulanishida “struktura nosozligi” kuzatilgan. Natijada u sinov maydonidan chiqib ketib, havoga ko‘tarilgan. Keyinchalik raketadagi kompyuter uskunalari o‘chgan va u sinov maydonidan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li hududga qulagan. Yerga qulashi natijasida korpus portlab ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.



Tianlong-3 suyuq yonilg‘ida ishlaydigan raketa bo‘lib, u SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa-tashuvchisi bilan solishtirilishi mumkin. Uning diametri 3,8 metr, parvoz massasi esa 590 tonnani tashkil etadi. Tianlong-3 o‘n yetti tonnali foydali yukni past Yer orbitasiga, 14 tonnali yukni esa esa quyosh-sinxron orbitasiga yetkaza oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda raketa yerga qulab tushdi (video)