16:19 / 01.07.2024
266

AQSHda politsiyachi o‘yinchoq to‘pponcha olib yurgan 13 yoshli bolani otib tashladi

AQSHda politsiyachi o‘yinchoq to‘pponcha olib yurgan 13 yoshli bolani otib tashladi
Foto: The New York Times
Nyu York shtatida 28 iyun kuni politsiyachi qo‘lidagi o‘yinchoq qurolni haqiqiy deb 13 yoshli bolani otib tashladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, politsiya xodimlari ko‘chada ular qidirayotgan o‘g‘rilar tavsifiga mos keladigan ikki o‘smirni to‘xtatgan. Yigitlardan biri qochib ketgan. Uning yonida Glock 17 Gen 5 to‘pponchasiga o‘xshash qurol bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda bolani bir ofitser quvib, uni yerga yotqizayotganini ko‘rish mumkin. Ularning oldiga yana ikki nafar politsiyachi kelgan, shundan keyin o‘q ovozi eshitilgan.

Voy xudoyim, u bolani otib tashladi”, — deydi videoda ovozi eshitilgan odam.

Bola Myanmadan kelgan muhojirlar oilasidan bo‘lgan. U ko‘krak qafasidagi jarohatdan shifoxonada vafot etgan. Mahalliy politsiya Glock belgilari va seriya raqamlariga ega bo‘lgan to‘pponcha nusxasi suratlarini e’lon qilgan. Ular vaziyatni o‘rganib, tergov natijalarini ochiqlashga va’da bermoqda.

Foto: Yutika politsiya boshqarmasi

Foto: Yutika politsiya boshqarmasi

Foto: Yutika politsiya boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda politsiyachi o‘yinchoq to‘pponcha olib yurgan 13 yoshli bolani otib tashladi