![Netanyaxu hibsga olinmasligi uchun 25 ta davlatdan yordam so‘raldi](/uploads/posts/2024-07/x0a587e2c74_photo_2024-07-02_08-33-10-cl-0chrq.webp.pagespeed.ic.I5QXiCQcQA.webp)
Foto: AFP
Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas 25 ta davlatdagi hamkasblariga maktub yo‘llab, Xalqaro jinoiy sudning (XJS) yahudiy rasmiylariga order berishiga qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Walla xabar berdi.
Bu davlatlardan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish haqidagi XJS prokurori talabiga qarshi huquqiy xulosalar taqdim etish so‘ralgan. Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali mulozimlariga ko‘ra, agar bu davlatlar yoki ulardan ba’zilari Gaagadagi tribunalga shunday huquqiy xulosalar taqdim etsa, sudyalar prokuror talabini qondirish uchun hech qanday asos yo‘qligiga ishonishi mumkin.
20 may kuni Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi — Yahyo Sinvar, Muhammad Deyf va Ismoil Haniyani hibsga olish uchun order berishni so‘radi. Sud Netanyaxu va Galantning G‘azo sektorida sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgar ekanini aytgan.
Netanyaxu XJS prokurorining so‘rovi Isroilni “to‘xtatib qo‘ymasligini” bildirgan. AQSH prezidenti Jo Bayden, o‘z navbatida, Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berish talabini qoralagan. Isroil ham, AQSH ham XJS yurisdiksiyasini tan olmasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi расм](/uploads/posts/2024-07/x0a24d017b5_di8rjgey3nt9u64athd19pyybn7aveyp.webp.pagespeed.ic.3pZ2lDE0UH.webp)
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi
![Finlandiya o‘z hududida AQSHga 15 ta harbiy baza ochishga ruxsat berdi расм](/uploads/posts/2024-07/x6767136a65_uvx1i14j3zhp-yffnhhn-fazehedmvg.webp.pagespeed.ic.v9rZ4kjK-W.webp)
Finlandiya o‘z hududida AQSHga 15 ta harbiy baza ochishga ruxsat berdi
![AQSH Urushni o‘rganish instituti Putinning Ukrainadagi “g‘alaba nazariyasini” oshkor qildi расм](/uploads/posts/2024-07/x6e57ea2eb4_photo_2024-07-01_17-16-22-tivlx0-k.webp.pagespeed.ic.9fDW6ety-G.webp)
AQSH Urushni o‘rganish instituti Putinning Ukrainadagi “g‘alaba nazariyasini” oshkor qildi
![Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi расм](/uploads/posts/2024-07/x5b88251aa1_reu-slit5jxg.webp.pagespeed.ic.vuLGooGtkl.webp)
Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi
![O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi расм](/uploads/posts/2024-07/x9d4380aff4_8tavhwqnklvlw5-davauuplmay7azgv2.webp.pagespeed.ic.6Jl8BwRniT.webp)
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
![O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar belgilanmoqda расм](/uploads/posts/2024-07/xdb08b61a1c_prs9.webp.pagespeed.ic.FkpIFQ8YUR.webp)
O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar belgilanmoqda
![Belarus Qurolli kuchlari bosh shtabi raisi: “Agar mustaqilligimiz tahdid ostida qolsa, Belarus yadro qurolidan foydalanishi mumkin” расм](/uploads/posts/2024-07/x9e25852660_murav-2o3ticwb.webp.pagespeed.ic.BqQQJN9n6E.webp)
Belarus Qurolli kuchlari bosh shtabi raisi: “Agar mustaqilligimiz tahdid ostida qolsa, Belarus yadro qurolidan foydalanishi mumkin”
![Ronaldu Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi? расм](/uploads/posts/2024-07/x1827cb9c37_795388_680.webp.pagespeed.ic.LYdoh9y4IS.webp)
Ronaldu Sloveniya bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?