16:39 / 02.07.2024
51

Finlyandiya AQSH bilan mudofaa shartnomasi imzoladi

Finlyandiya AQSH bilan mudofaa shartnomasi imzoladi
Foto: Anadolu
Finlyandiya parlamenti 1 iyul kuni AQSH bilan mudofaa shartnomasi imzolash rejasini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat mahalliy manbalariga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Yangi shartnomaga muvofiq Finlyandiya hududida AQSH harbiy kontingenti va mudofaa texnikalari joylashtirilishi mumkin bo‘ladi. Ushbu kelishuvdan maqsad esa ehtimoliy tajovuzlarga qarshi mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish.

AQSH va Finlyandiya o‘rtasidagi birinchi harbiy kelishuv o‘tgan yilning dekabr oyida erishilgan edi. Unga ko‘ra Xelsinki ma’muriyati AQSH harbiylariga o‘zining 15 ta harbiy inshootlaridan foydalanishga ruxsat bergan. Finlyandiya hukumati, shuningdek, mamlakatga mudofaa jihozlari, ta’minot, texnikalar va askarlarni olib kirishga ham ruxsat bergan.

Yangi kelishuvga muvofiq Finlyandiya hududida faqat AQSH harbiylari foydalanishi mumkin bo‘lgan harbiy inshootlar quriladi. Bu tuzilmani tashkil etishdan maqsad ochiqlanmagan.

Finlyandiyadagi Sotsial-demokratik partiyaning tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Kimmo Kilyunen shartnomaning qabul qilinishini o‘z xalqi uchun “tarixiy lahza” sifatida olqishlagan. Kelishuv mamlakat kelajagi uchun xavflarni bartaraf etishi aytilgan.

Ushbu kelishuvning maqsadi, Finlyandiyaning NATOdagi pozitsiyasiga muvofiq, mamlakat mustaqilligi va uning xalqi xavfsizligini mustahkamlashdir”, — degan Kilyunen.

Ushbu turdagi mudofaa shartnomasi NATOning yana 11 davlati, jumladan, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya bilan ham imzolangan. Vashington ushbu mamlakatlarda harbiylarini ko‘paytirish uchun hukumatlardan “ijozat” olishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya AQSH bilan mudofaa shartnomasi imzoladi