10:21 / 03.07.2024
421

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnelni aniqlandi (video)

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnelni aniqlandi (video)
Kadr: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li (tunnel) aniqlandi.

Qayd etilishicha, DXX xodimlari Chegara qo‘shinlari va “Toshkent-Aero” IBK harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbirda Hindistondan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan.

Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari Dehli—Toshkent—Olmaota aviayo‘nalishi orqali tranzit tarzda “Olmaota” xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani “O‘rikzor” MFY hududiga o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 milliard 94 million so‘mlik Hindistonda ishlab chiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17 048 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Ta’kidlanishicha, 49 yoshli fuqaroning Toshkent tumani “O‘rikzor” MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi. Yerosti yo‘li havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnelni aniqlandi (video)
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru