10:57 / 03.07.2024
88

Ekspert Makronning “birgalikda yashash hukumati”dagi rolini baholadi

Ekspert Makronning “birgalikda yashash hukumati”dagi rolini baholadi
Foto: AP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning muxolifat bosh vazirligi ostidagi “birgalikda yashash hukumat”dagi roli ramziydir, u qarorlar qabul qila olmaydi, deya Fransiya Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti Alen Polikar xabar berdi.

Polikarning qayd etishicha, Makron parlamentdagi sezilarli miqdordagi o‘rinlarni yo‘qotgan taqdirda ham hokimiyatdan voz kechmaydi, agar muxolifat partiyasi o‘rinlarning mutlaq ko‘pchiligini qo‘lga kiritsa, prezident muxolifat yetakchisini bosh vazir etib tayinlashi shart.

Tahlilchi Makron Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasi bo‘yicha parlament qaroriga bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

"Makron haqiqatan ham qo‘shinlarni jo‘natish bo‘yicha buyruq bera olmaydi, garchi konstitutsiyaga ko‘ra, u bosh qo‘mondon bo‘lsa-da, bunday qarorlar parlament tomonidan ovozga qo‘yiladi", — deydi ekspert.

Tahlilchi prezident noroziligini bildirishi mumkinligi, lekin hech narsani hal qila olmasligini, bunday hodisa respublika tarixida uch marta sodir bo‘lganini aytgan. Polikar, shuningdek, har doim davlatning haqiqiy rahbari bosh vazir bo‘lganini ta’kidlagan.

Birinchi marta 1986—1988 yillarda Fransiyada bosh vazir muxolif partiya vakili bo‘lgan “birgalikda yashash hukumati” shakllangan. Mazkur hukumat ichki siyosat masalalarida ikki yillik kurashga aylangan.

1993 yilda Mitteran hali prezident bo‘lganida, “Respublika uchun” ralli o‘ngchi Eduard Balladur bosh vazir bo‘ldi va mazkur “birga yashash” ikki yil davom etgan; Yuber Vedrin va Nikolya Bazir boshchiligidagi prezident va bosh vazir idoralari o‘rtasida birgalikda yashash qoidalari ishlab chiqilgan va aloqa Yelisey saroyini chetlab bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilgan.

Uchinchi va eng uzun muxolifat hukumati 1997 yildan 2002 yilgacha hukmronlik qilgan Jak Shirak prezidentlik kursisiga, sotsialist Lionel Jospin esa vazirlar mahkamasiga boshchilik qilgan davrga to‘g‘ri kelgan. Ushbu birgalikda yashash fransuzlar uchun kutilmagan bo‘lgan, chunki u navbatdagi parlament saylovlariga bir yil qolganda Shirak tomonidan parlamentni to‘satdan tarqatib yuborishi ortidan sodir bo‘lgan. Dastlabki uch yil murosalar bilan o‘tgan. Biroq so‘nggi ikki yil ichki siyosat mavzusida, jumladan, mamlakat budjeti va ijtimoiy sug‘urta masalasida mojarolarga boy bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert Makronning “birgalikda yashash hukumati”dagi rolini baholadi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru