15:35 / 03.07.2024
120

BMT “Tolibon” hukumatini tan olish masalasini rad etdi

BMT “Tolibon” hukumatini tan olish masalasini rad etdi
Foto: thehill.com
BMT rahbariyati “Tolibon”ning Afg‘onistondagi hokimiyati qonuniyligini tan olish masalasini oshkora rad etgan. Bu haqda Fox News manbasi xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 1 iyul kuni Qatar poytaxti Dohada BMT va “Tolibon” vakillari ishtirokida ko‘p millatli muloqot bo‘lib o‘tgan. Unda Kobulning norasmiy hukumatini xalqaro miqyosda tan olish masalasi muhokama qilingan.

Ikki kunlik yig‘ilish yakunida BMT hay’ati “Tolibon”ni tan olish masalasini rad etgan. Xalqaro hamjamiyat va Afg‘onistondagi hukmron norasmiy kuch o‘rtasidagi uchrashuvlar tashkilotni tan olish uchun emas, balki uni xalqaro me’yorlarga moslashishga undash uchun o‘tkazilishi ta’kidlangan. Toki “Tolibon” o‘z boshqaruvi va xalqaro pozitsiyasini o‘zgartirmas ekan, uning BMT oldidagi maqomi so‘roq ostida qolaveradi.

30 iyun va 1 iyul kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin davlatlar vakillari ishtirok etgan. Ushbu uchrashuv “Tolibon” ishtirokida BMT tomonidan tashkil etilgan birinchi anjuman ekani xabar berilgan.

Ushbu formatdagi ilk uchrashuv joriy yilning fevral oyida tashkil etilgan edi. Biroq unda “Tolibon” vakillari ishtirok etmagan. Tomonlarning bir-birlariga qo‘ygan reallikdan uzoq talablari oqibatida xalqaro darajadagi uchrashuv chippakka chiqqan.

Dohadagi yig‘ilishda “Tolibon” delegatsiyasiga Zabihulloh Mujohid rahbarlik qilgan. Yig‘in doirasida turli mamlakatlar vakillari bilan tor doiradagi uchrashuvlar ham tashkil etilgan.

Yig‘ilishda BMT “Tolibon”ga o‘z talablarini eslatgan. Xalqaro hamjamiyat ruhini ifoda etuvchi tashkilot Afg‘onistonda o‘quvchi qizlarga maktabga chiqish uchun ruxsat berilmayotgani, afg‘on ayollarining huquqlari kamsitilayotgani, qurol-yarog‘ va narkotik kontrabandasi erkin tijoratga aylanayotgani hamda Afg‘oniston janubida qurolli terrorchi guruhlar ta’siri oshayotganidan xavotirlarini bildirgan. Ushbu masalalar hal qilinmaguncha Afg‘oniston Amirligi hukumatini tan olish masalasida siljish bo‘lmasligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT “Tolibon” hukumatini tan olish masalasini rad etdi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru