19:20 / 03.07.2024
46

NATO ittifoqchilari kelasi yili Ukraina uchun 40 milliard yevro ajratmoqchi

NATO ittifoqchilari kelasi yili Ukraina uchun 40 milliard yevro ajratmoqchi
Arxiv foto: mpsh.ru
NATO ittifoqchilari kelasi yilda Ukraina uchun 40 milliard yevro hajmida yordam paketi ajratish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda shaxsi ma’lum qilinmagan G‘arbiy Yevropa diplomati bergan ma’lumotga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 40 milliard yevro (43 milliard AQSH dollari) hajmidagi mablag‘ 2025 yilning boshida Kiyev uchun ajratiladi. Ushbu paket haqidagi xabar Vashingtonda alyans ishtirokchilari sammit uchun yig‘ilishidan bir hafta oldin tarqalmoqda.

Oldinroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilotga a’zo davlatlardan Ukrainaga harbiy yordamni miqdoran yetarli tarzda davom ettirishni so‘ragan edi. Mamlakatni inqiroz holatdan olib chiqish hamda harbiy salohiyatni saqlab turish uchun zarur mablag‘ esa 40 milliard yevro atrofida etib belgilangan.

2024 yil 31 may kuni Pragada NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda ham asosiy mavzu sharqiy mudofaani kuchaytirish borasida bo‘lgan. Ishtirokchilar yig‘ilishda Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash dasturiga bir ovozdan rozilik bildirgan.

Stoltenbergning davomiy va adolatli moliyaviy hissa qo‘shishga chaqiruvi NATOning Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi davom etayotgan kurashida qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidlaydi. 2022 yil fevral oyida Rossiya keng miqyosli bosqin uyushtirganidan buyon, asosan AQSH boshchiligidagi NATO ittifoqchilari Ukrainaga katta harbiy yordam ko‘rsatdi. Bu yordam Ukrainaga bosqinga qarshi turish va mudofaa sa’y-harakatlarini davom ettirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, AQSHda prezident o‘zgarishi — Trampning rahbarlikka kelishi 2025 yilga mo‘ljallangan 40 milliard yevrolik yordam paketini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Chunki paketdagi mablag‘ning salmoqli hissasi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi, prezidentlikka nomzod Tramp esa xorijga har qanday pul uzatmalariga keskin qarshi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO ittifoqchilari kelasi yili Ukraina uchun 40 milliard yevro ajratmoqchi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru