Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi

1 daqiqa o'qish155
Avstraliyada Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar parlament binosiga kirib oldi
Foto: Reuters
Avstraliyada 4 iyul kuni Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqan fuqarolar parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Reuters manbasi xabar berdi.

Holat to‘g‘ridan to‘g‘ri mamlakat poytaxti Kanberrada ro‘y bergan. Ko‘p sonli namoyishchilar ruxsatsiz tarzda parlament binosi oldida to‘plangan va keyinchalik bino ichiga kirib olgan.

Parlament binosi tomiga chiqqan namoyishchilar “Ozod Falastin” deb yozilgan bannerlarni shahar aholisiga ko‘rinarli tarzda ilib qo‘yishgan. Bu harakat bilan hukumatni Isroil bilan aloqalarini uzishga chaqirishgan.

Avstraliya parlamenti rasmiylari yuz bergan hodisani xavfsizlik tartibining qo‘pol tarzda buzilishi deb baholagan. Namoyishchilarning parlamentgacha yetib kelishi jiddiy signal sifatida qabul qilingan.

Hukumat vakillari noqonuniy namoyishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Har qanday jiddiy sabab parlament hududiga bostirib kirishni oqlay olmasligi aytilgan.

“Biz unutmaymiz, kechirmaymiz va qarshilik ko‘rsatishda davom etamiz”, — deya hukumat e’tirozlariga javob bergan namoyishchilar.

Kanberra politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun parlament hududiga brigadalar yuborgan. Namoyishchilarning bir qismi politsiyaga qarshilik qilgani uchun hibsga olingan. Aholiga o‘q uzish holatlari ro‘y bermagan.

Ayni paytda boshqa bir namoyishchilar guruhi Kanberra ko‘chalari bo‘ylab “Daryodan dengizgacha”, “Falastinga ozodlik ber” kabi e’lonlarni o‘rnatishda davom etgan. Hukumat parlamentdagi voqealardan kelib chiqib, davlat muassasalarida qo‘riqlash choralarini kuchaytirgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?