Foto: kremlin.ru
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan SHHT sammitida chiqish qilar ekan, Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Ukraina bilan sulh imzolash uchun Istanbul kelishuvlarini ishlab chiqqani uchun tashakkur bildirgan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning mart oyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yuzma-yuz muzokaralar chog‘ida ishlab chiqilgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha shartlar va prinsiplar «hech qayerga ketmagan».
«Bu kelishuvlar Ukraina muzokara delegatsiyasi tomonidan paragraflarga bo‘lib chiqilgan edi, demak, aftidan, Ukrainani qoniqtirgan va Istanbul kelishuvlari «stol» ustida turibdi hamda mazkur muzokaralarni davom ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin», — degan Putin.
Rossiya prezidenti sammit ishtirokchilariga mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha «samimiy va konkret takliflari» uchun tashakkur bildirgan va Rossiya hech qachon muzokaralarni rad etmaganini eslatib o‘tgan.
«Rossiya, ma’lumki, hech qachon muzokaralardan qochmagan va hozir ham ularni davom ettirishga tayyor. Muzokaralardan aynan Ukraina bosh tortgan, boz ustiga buni ochiqchasiga, Londonning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshirgan, hech bir shubhasiz, bu buyruq Vashingtondan ham berilgan, bu haqda Ukraina rasmiy shaxslari to‘g‘ri va ochiq aytishmoqda»,— deya qo‘shimcha qilgan Putin.
O‘t ochishni to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishning dastlabki shartlari va prinsiplari Rossiya va Ukraina tomonidan 2022 yilning 29 martida Istanbulda bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz muzokaralar chog‘ida ishlab chiqilgan edi. Istanbul kelishuvlari paketiga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan va yadroviy qurol ishlab chiqarishdan voz kechishi o‘rin olgan edi. Buning evaziga Kiyev «NATOning 5-moddasiga o‘xshash» xalqaro xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lardi (Qrim, «DXR» va «LXR» hududlaridan tashqari).
2022 yilning 14 mayida Vladimir Putin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar Ukraina tomonining qiziqishi yo‘qolgani sababli butunlay to‘xtab qolganini aytgandi. Muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Oliy rada deputati 2023 yilning noyabrida Rossiya bilan muzokaralardan voz kechishga Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Boris Jonson tavsiya berganini ta’kidlagan. Jonsonning o‘zi keyinroq muzokara jarayonlarining barbod bo‘lishiga uning aloqadorligi «safsata va Rossiya propagandasi» ekanini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi