Foto: kremlin.ru
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berishni rejalashtirmagan. Bu haqda Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov o‘z sahifasida xabar qildi.
«Janob Karlson FSBdagi manbalarini yaxshilab aniqlashtirib olishi kerak. Ukraina prezidentining grafigi boshqacha va unda Taker Karlsonga joy yo‘q», degan Nikiforov.
Avvalroq Karlson Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan intervyu uyushtirmoqchi ekanini aytgandi. «Aftidan, bizda Zelenskiy bilan intervyu bo‘ladi», deb yozgandi Karlson X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Respublikachilar partiyasi yetakchisi Donald Trampning yaqin tarafdorlaridan bo‘lgan Taker Karlson fevral oyida Rossiya prezidenti Putin bilan intervyu uyushtirgandi. Karlson AQSH hukumatini tanqid qilib, Rossiya prezidenti Putinning siyosatini ochiqchasiga oqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi