Suriya armiyasining havo hujumidan mudofaa tizimlari mamlakat janubi-g‘arbidagi Kuneytra viloyati hududida Isroil Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy samolyot va uchuvchisiz uchish qurilmani urib tushirgani haqida ma’lum qildi.
SANA agentligi xabariga ko‘ra, suriyaliklar Isroil samolyotlari mamlakat qo‘shinlari marralariga hujum uyushtirganidan so‘ng javob zarbasi qaytarishi asnosida ushbu hodisa ro‘y bergan.
Bundan oldinroq Isroil aviasiyasi Golan tepaliklarida Suriya hududidan uchirilgan snaryad portlaganidan so‘ng qo‘shni mamlakat hukumati armiyasining artilleriya qismlari joylashgan hududga hujum qilganii haqida xabar berilgandi.
Isroil armiyasi keyingi vaqtlarda Suriya tomonidan snaryadlar kelib tushishi bilan bog‘liq holatlar keskin ko‘paygani haqida ma’lum qilgan.
Damashq va Tel-Aviv munosabatlari Golan tepaliklari bo‘yicha bahs tufayli tarang holda qolmoqda. Isroil 1967 yili "Olti kunlik" urush davomida bu hududni egallab olgandi. Lekin Damashq hanuzgacha bu hududga egalik qilish da’volaridan voz kechmagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi