Foto: “Kommersant”
Afg‘onistonda hokimiyatni nazorat qiluvchi “Tolibon” harakati terrorizmga qarshi kurashda Rossiya uchun ittifoqchi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tayanib, “TASS” xabar berdi.
"Umuman olganda, “Tolibon” harakati mamlakatdagi hokimiyatni nazorat qilayotganidan xulosa qilishimiz kerak va, shu ma’noda, terrorizmga qarshi kurashda “Tolibon” biz uchun ittifoqchidir", — dedi Putin.
U Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishidan “Tolibon” harakati ham manfaatdor ekanini aytdi.
“Tolibon” harakatidan ular biz bilan terrorizmga qarshi kurashish yo‘lida ishlashga tayyor ekanliklari bo‘yicha bir necha bor signal oldik”, — dedi Rossiya prezidenti.
2003 yilda “Tolibon” BMT va Rossiya tomonidan terrorchi tashkilot deb topilgan. 2021 yil may oyida harakat Afg‘oniston hukumatiga qarshi faol hujum operatsiyasini boshladi. Iyul oyida “Tolibon” mamlakatning 85 foizi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Shu kuni prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.
2024 yil may oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Putinga “Tolibon” harakati taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi