Foto: AFP
AQSH prezidenti Jo Bayden radioga bergan intervyusida xato gapirib, o‘zini qora tanli ayol deb atadi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Radio boshlovchilari bilan suhbat chog‘ida u “qora tanli prezident bilan ishlagan birinchi qora tanli ayol” ekanligidan faxrlanishini aytgan. Siyosatchi Barak Obama ma’muriyati davrida vitse-prezident sifatidagi faoliyatini nazarda tutgan.
Bayden saylovoldi tashviqoti matbuot kotibi Ammar Musa prezidentning nutqda adashishiga jiddiy e’tibor qaratgani uchun matbuotni tanqid qilgan. NYT'ning ta’kidlashicha, Baydenning mazkur intervyusi uning AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan keyin e’lon qilingan.
4 iyul kuni prezident demokrat-gubernatorlar bilan uchrashuvda unga ko‘proq uxlash va kamroq ishlash tavsiya etilganini aytgan. Prezident 20:00 dan keyin rasmiy ish tadbirlaridan qochishni rejalashtirganiga qaramay, gubernatorlarni poygada qolishga ishontirgan.
Baydenning aytishicha, uning Donald Tramp bilan bo‘lgan debatdagi muvaffaqiyatsizligiga xorijiy safarlardan keyingi charchoq sabab bo‘lgan. Biroq davlat rahbarining saylov shtabi dastlabki bahsdagi omadsizlikka tumov sabab bo‘lganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi