22:15 / 05.07.2024
137

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti bilan Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti bilan Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini bu yerda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
TDT ishtirokchi mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi hamrohligida Shusha shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shusha “Qorabog‘ durdonasi”, “Kavkaz san’ati markazi” va “Ozarbayjon musiqasi beshigi” nomlari bilan ma’lum. Shahar bir qator taniqli fan, madaniyat va san’at arboblari vatanidir. 2021 yildan buyon Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023 yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
2024 yilda Xiva shahri va Shusha shahri o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatildi.

Oliy martabali mehmonlar Shushada o‘ttiz ikki yil ichida birinchi marta qurilgan turar joy majmuasiga tashrif buyurdi. 23 ta binodan iborat uy-joy majmuasining umumiy maydoni qariyb 8 gektarni tashkil etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘ng yetakchilar 2021 yilda tamal toshi qo‘yilgan yangi zamonaviy masjid loyihasi va uni barpo etish jarayoni bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ozarbayjon rahbari mehmonlarga shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘zlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlar, shuningdek, XIX asrda Shushada qurilgan birinchi masjid – “Gavhar og‘a” masjidini ziyorat qildi. Mehmonlar bu yerda amalga oshirilgan restavratsiya ishlarining natijalariga yuqori baho berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga amaliy tashrifi davom etmoqda. TDT norasmiy sammitining asosiy tadbirlari ertaga, 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti bilan Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi