169
Isroil armiyasining sobiq vakili Netanyaxuni mamlakatga nisbatan xalqaro ishonchni yo‘qotishda aybladi
Foto: CNN
Isroil mudofaa kuchlarining sobiq matbuot kotibi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni mamlakatga nisbatan xalqaro ishonchni yo‘qotishda aybladi. Bu haqda kotibning bayonotiga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.
Podpolkovnik Piter Lerner Isroil davlatiga va uning tashqi siyosatiga nisbatan xalqaro ishonch yo‘qolganini, ayni paytda ko‘plab mamlakatlarning Tel-Aviv bilan aloqalari sovuqlashganini ma’lum qilgan. Bu salbiy holatlarning bosh sababchisi sifatida esa amaldagi bosh vazir Netanyaxuni ayblagan.
Sobiq Isroil harbiysi HAMAS bilan urush Isroil uchun muvaffaqiyatsiz va ma’nosiz ekanini bildirgan. Urush davom etar ekan yahudiylar davlati chegarasi zaiflasha borishi aytilgan.
Mudofaa kuchlari sobiq harbiysi tomonidan davlat rahbari ochiqcha tanqid qilinishi Isroil uchun jiddiy signal bo‘lishi mumkin. Chunki bu holat Isroilda harbiylar va rahbariyat o‘rtasidagi ziddiyatni ko‘rsatib beradi.
Sobiq harbiyning bayonoti birinchilardan bo‘lib Isroilning Haaretz gazetasida chiqarilgan. Bunga nisbatan mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligi munosabat bildirib, Netanyaxu davrida Isroilning xalqaro mavqeyi tobora yo‘qolib borayotganini ta’kidlagan.
“Netanyaxu HAMAS ustidan to‘liq g‘alaba qozonishini va’da qilgan edi. Ammo xalqaro maydonda u va uning hukumati bizni mag‘lubiyatga olib bormoqda”, degan Piter Lerner.
Lerner G‘azodagi operatsiya taqdiri haqida ham fikr bildirgan. Bu borada Isroil oldida ikki yo‘l bor — yo operatsiyani tez muddatda yakunlab, chiqib ketish yoki rejasiz harakatlarni davom ettirib, Yaqin Sharqda yangi dushmanlarga ega bo‘lish. Har ikki yo‘lda ham Isroilni g‘alaba kutmasligi xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi