11:30 / 08.07.2024
78

Napoleon Bonapartga tegishli ikkita to‘pponcha auksionda 1,69 million yevroga sotildi

Napoleon Bonapartga tegishli ikkita to‘pponcha auksionda 1,69 million yevroga sotildi
Foto: Osenat auksion uyi
Fransiya imperatori Napoleon Bonapartga tegishli bo‘lgan ikki dona to‘pponcha Fransiya auksionida 1,69 million yevroga sotildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, to‘pponchalar imperator favqulodda vaziyatga tushib qolganda o‘z joniga qasd qilishi uchun tayyorlangan. Ular o‘z vaqtida Parijda juda mashhur bo‘lgan qurol ishlab chiqaruvchi Lui-Marin Gosset tomonidan imperatorga sovg‘a qilingan.

Auksion avvalida qurollarning qiymati 1,2 million yevrodan 1,5 million yevrogacha bo‘lishini taxmin qilingan. Biroq tarixiy ashyolar taxmin qilingandan ko‘ra qimmatroqqa sotilgan.

Auksion 7 iyul kuni Fontenbleu saroyi yaqinidagi Osenat auksionlar uyida bo‘lib o‘tgan. Aynan shu binoda 1814 yilda taxtdan voz kechgan Napoleon to‘pponchalaridan biri yordamida o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Avvalroq Fransiya Madaniyat vazirligi to‘pponchalarni milliy boyliklar qatoriga kiritib, eksport qilishni taqiqlagan edi. Ushbu qarordan so‘ng tarixiy ashyolarni faqat mamlakat ichidagi auksionda sotish mumkin bo‘lgan.

Auksionda sotilgan to‘pponchalar oltin va kumush bilan bezatilgan. Ularning ustki qismiga Napoleon Bonapartning tasviri o‘yib ishlangan.

Napoleon Bonapart hokimiyatdan ketishidan oldin qurollarni yordamchisi, general Kalenkurga bergan. Uning avlodlari esa to‘pponchalarni uzoq yillar xonadonlarida saqlab kelishgan.

Auksionda qurollar to‘plam holida bo‘lgan. To‘plamga to‘pponchaning asl qutisi va turli aksessuarlar, jumladan, kukunli patron va turli xil porox tayoqchalari ham kiradi.

Fransiya imperatori Napoleonga tegishli esdalik buyumlari auksion bozorida juda katta talabga ega. Bir paytlar imperator kiygan trikorne shlyapalaridan biri o‘tgan yilning noyabr oyida 1,9 million yevroga sotilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Napoleon Bonapartga tegishli ikkita to‘pponcha auksionda 1,69 million yevroga sotildi
ePN