16:32 / 09.07.2024
370

Jon Bolton Vashingtonni “Tolibon” raqiblariga harbiy yordam berishga chaqirdi

Jon Bolton Vashingtonni “Tolibon” raqiblariga harbiy yordam berishga chaqirdi
Foto: Atlas Press
AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashining sobiq maslahatchisi Jon Bolton Vashingtonni “Tolibon” muxoliflariga yordam ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Atlas Press nashri xabar berdi.

Sobiq maslahatchi Jon Bolton Afg‘onistondagi mavjud inqirozdan chiqish uchun “Tolibon” raqiblariga AQSH yordami kerakligini aytgan. Afg‘onistondagi voqealarning keyingi rivoji ko‘p jihatdan Afg‘oniston qarshilik kuchlari va AQSH hamkorligiga bog‘liq ekani bildirilgan.

Jon Boltonga ko‘ra, AQSHning harbiy va iqtisodiy yordami Afg‘onistonda “Tolibon” raqiblarining kuchayishiga yordam beradi. Shuningdek, ularning qurolli guruhlarga qarshi kurash olib borish salohiyatini oshiradi.

Menimcha, masalaga uzoq muddatli yechim “Tolibon”dan qutulishdir. Afg‘oniston ichidagi qarshilik guruhlariga yordam berish, iqtisodiy va harbiy paketlar ajratish muxolifatning o‘sishiga imkon yaratadi”, — degan Jon Bolton.

Maslahatchi Amerika rasmiylarining “Tolibon” bilan kelgusidagi uchrashuvlari ehtimolini ham rad etgan. Vashington uchun “Tolibon” bilan hamkorlikdan hech qanday manfaat yo‘qligi bildirilgan.

Manbaga ko‘ra, Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashining sobiq maslahatchisi bir necha kun oldin AQSH razvedka boshqarmasi direktori o‘rinbosari Devid Koen va “Tolibon” delegatsiyasi, jumladan, ushbu guruhning Qatardagi razvedkasi rahbari Abdul Haq Vatik bilan uchrashgan. Uchrashuvda AQSH rasmiysi Afg‘onistondagi qarshilik kuchlarini qo‘llamasligini bildirgani aytilgan. Ammo uchrashuvdan so‘ng vakilning o‘zi bergan intervyuda bu gap-so‘zlar rad etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jon Bolton Vashingtonni “Tolibon” raqiblariga harbiy yordam berishga chaqirdi