18:06 / 10.07.2024
323

AQSH Zelenskiyning NATO sammiti natijalariga munosabatidan xavotirda

AQSH Zelenskiyning NATO sammiti natijalariga munosabatidan xavotirda
Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar NATOning yubiley sammitida Ukrainaga alyansga qo‘shilishni taklif qilmaydi va Vladimir Zelenskiydan o‘tgan yili bo‘lgani kabi o‘zining oshkora noroziligini yashirishni so‘raydi, deb yozadi The Washington Post.

Hafta oxirida Bayden bilan yuzma-yuz uchrashishi kutilayotgan Zelenskiyga 'Iltimos, boshqa bunday qilmang', deb aytiladi”, deya nashr NATOning yuqori martabali rasmiylaridan iqtibos keltiradi.

Xabarda, shuningdek, alyansga a’zo mamlakatlar yetakchilari asosiy e’tiborni Moskva bilan qarama-qarshilikda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash va Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishga “tayyorlash”ga qaratishi, biroq boshqa hech narsa sodir bo‘lmasligi aytilgan.

9—11 iyul kunlari Vashingtonda Shimoliy Atlantika alyansining 75-yubiley sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Bloomberg va Financial Times ta’kidlaganidek, alyansning eng yirik a’zolari ayanchli ahvolda ekani fonida voqea ichki tartibsizliklar soyasida qolishi kutilmoqda.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, Ukrainaga Vashingtonda tasdiqlanishi rejalashtirilgan yangi yordam paketi, shuningdek, Ukraina armiyasining alyans standartlariga muvofiqligini oshirish Kiyev uchun NATOga a’zo bo‘lishda ko‘prik bo‘ladi.

Agence France-Presse Vashingtondagi alyans sammitida NATOga taklif olish imkoniyati deyarli nolga teng ekanligini va buni Kiyevda ham tan olishini xabar qilgan.

Zelenskiy o‘tgan yilgi Ukraina alyansga qo‘shilishi taklif qilinmagan NATOning Vilnyusdagi sammiti natijalaridan norozi bo‘lgan edi. Germaniyaning Bild nashri Kiyevning NATOga kirishi AQSH va Germaniya tomonidan bloklangani haqidagi maxfiy hujjatni e’lon qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish ehtimoli Rossiya xavfsizligiga tahdid ekanligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, Kiyevning alyansga qo‘shilish imkoniyati maxsus harbiy operatsiya boshlanishiga sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Zelenskiyning NATO sammiti natijalariga munosabatidan xavotirda