
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden 11 iyul kungi NATO sammitida Ukraina prezidentini adashib Vladimir Putin deya tanishtirgan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Vashingtonda o‘tgan sammitda prezident Bayden tadbirni shaxsan ochib bergan va unda ishtirok etayotgan Vladimir Zelenskiyni Putin bilan adashtirib yuborgan.
“Endi esa men navbatni qat’iyati kabi ulkan jasoratga ega Ukraina prezidentiga topshirmoqchiman, xonimlar va janoblar, prezident Putin”, — degan Bayden Zelenskiyga ishora qilib.
Bayden xato qilganini tezda tushunib yetgan. Tezda mikrofon qarshisiga qaytgan va xatosini to‘g‘rilashga uringan.
“Putin, siz Putinni yenga olasiz, prezident Zelenskiy”, — deya so‘zini davom ettirgan Bayden xatosini to‘g‘rilashga urinib.
Zelenskiy AQSH prezidentining xatosiga keskin munosabat bildirmagan. Biroq sammit zalidagi qatnashchilar ichida darhol e’tirozlar yuz bergan.
Bir qancha rasmiylar Baydenning sammitdagi xatosini doimiy adashishlardan biri sifatida talqin qilgan. Bu kabi holatlar prezident ishtirokidagi deyarli har bir katta yig‘ilishda kuzatilgan.
Oldinroq Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis prezidentda xastalikning klassik belgilari mavjudligini aytgan edi. Kasallik xotira susayishi, nutqning yomonlashuvi va parishonxotirlik tarzida kechishi ma’lum qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar