12:00 / 13.07.2024
157

Ukraina NATOdan Rossiyaga zarba berishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni so‘radi

Ukraina NATOdan Rossiyaga zarba berishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni so‘radi
Foto: Reuters
Ukraina rahbariyati 12 iyul kuni NATO bosh ma’muriyatiga murojaat qilib, Rossiyaga zarba berishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni so‘ragan. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Ukraina NATO ittifoqchilarini Rossiyadagi nishonlarga zarba bera oladigan uzoq masofali qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan. Ushbu qaror Kiyevning Moskva bilan kurashida “hal qiluvchi” ahamiyatga ega bo‘lishi aytilgan.

NATO a’zolari Vashingtondagi sammit doirasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi deklaratsiya e’lon qilgan. Mamlakatga qo‘shimcha yordam va’da qilingan. Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidagi “ortga qaytmas yo‘li”ni qo‘llab-quvvatlashga kelishilgan. Ammo Rossiyaga zarba berish haqida hech qanday munosabat bildirilmagan.

Zelenskiy hukumati Vazirlar Mahkamasi rahbari Andrey Yermak ommaviy forumda Rossiyaga zarba berish maqsadlari haqida NATO rahbarlariga oshkor qilgan. U Rossiyaga nisbatan qurol ishlatishda hech qanday cheklovlar yo‘qligini va agar Ukraina ittifoqchilari Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollardan foydalanish bo‘yicha barcha cheklovlarni olib tashlasa, bu frontdagi kuchlar nisbatini tubdan o‘zgartirishi xabar qilingan.

NATO a’zolari Ukraina o‘zi uchun “sovg‘a qilingan” qurollardan qanday foydalanishi mumkinligi masalasiga turlicha yondashgan. Ayrim vakillar Kiyev ulardan Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish uchun foydalanishi mumkinligini aytgan. Qo‘shma Shtatlar esa torroq yondashuvni tanlagan — o‘z qurollaridan faqat Rossiya ichida joylashgan, Ukrainadagi harbiy amaliyotlarni ta’minlovchi obyektlarga qarshi ishlatishga ruxsat bergan.

Shaxsan AQSH prezidenti Bayden matbuot anjumanida Qo‘shma Shtatlar Zelenskiyga Amerika qurollarini Rossiya chegaralarida cheklangan tarzda qo‘llashga ruxsat berganini ma’lum qilgan. Frontda vaziyat yomonlashuvi tufayli shunday qarorga kelingani bildirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina NATOdan Rossiyaga zarba berishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni so‘radi