18:38 / 13.07.2024
103

Xitoy hukumati Tayvanga qurol savdosi tufayli AQSHga sanksiya kiritdi

Xitoy hukumati Tayvanga qurol savdosi tufayli AQSHga sanksiya kiritdi
Foto: Xitoy Tashqi ishlar vazirligi
Xitoy 12 iyul kuni Tayvanga qurol eksporti sababli AQSHning qator kompaniyalari va rasmiylariga sanksiyalar kiritdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabariga asoslanib, Anadolu ma’lum qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi juma kuni maxsus bayonot e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Pekin Tayvanga qurol yetkazib berishda gumonlangan AQSHning 6 ta transmilliy korporatsiyasiga nisbatan cheklovlar kiritgan.

Sanksiyaga uchragan kompaniyalar rahbarlari va harbiy budjet uchun mas’ul bo‘lgan AQSHning qator oliy vakillari Xitoy qora ro‘yxatiga tushgan. Ularga Xitoy hududiga kirish, hisobraqamlar ochish taqiqlangan.

Pekin AQSHning Tayvanga qurol savdosini mamlakat ichki ishlariga qattiq aralashuv deya baholagan. Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan xatti-harakatni keskin qoralagan.

Xitoy tomoni AQSHni qurol savdosi ortidan qo‘shma bayonotlarga xilof harakat qilishda ayblagan. Vashingtonning provokatsiyalari Xitoyning “Yagona Xitoy” tamoyiliga hamda Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasida imzolangan uchta qo‘shma bayonotga zid ekanligi ta’kidlangan.

Xitoy AQSHga qarashli Anduril Corporation, Maritime Tactical Systems, va Pacific Rim Defense harbiy-sanoat korxonalari va ularning yuqori martabali rahbarlariga qarshi choralar ko‘rishga qaror qildi”, deyiladi Pekindagi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Bayonotga ko‘ra, ba’zi yuqori lavozimli rahbarlarning mulklari muzlatib qo‘yilgan. Sanksiyaga tushgan AQSH rasmiylarining Xitoy hududiga, xususan, Gongkong va Makaoga kirishiga cheklov qo‘yilgan.

Pekin, shuningdek, mahalliy tashkilotlar va jismoniy shaxslarga Xitoy hududida taqiqlangan subyektlar bilan bitimlar tuzish, hamkorlik o‘rnatishni taqiqlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy AQSH kompaniyalariga oldin ham cheklovlar kiritgan. Xususan, Lockheed Martin va Raytheon kabi AQSH mudofaa kompaniyalari Tayvanga kirishga uringani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati Tayvanga qurol savdosi tufayli AQSHga sanksiya kiritdi