16:00 / 14.07.2024
169

HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi

HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi
Foto: AP
Isroil davom ettirayotgan qirg‘in tufayli HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Avvalroq Isroil harbiylari G‘azodagi Xon Yunis va al-Mavasi o‘rtasidagi gumanitar zonadagi obyektga zarba bergan edi. Isroil mazkur harakatini go‘yoki “HAMASning ikki nafar yuqori martabali terrorchisi tinch aholi orasida yashiringanini” izohlagan.

"Bu ko‘chirilgan fuqarolarga nisbatan dahshatli qirg‘indir", — deyiladi xabarda.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu zarbada kamida 92 kishi halok bo‘lgan.

Zarba nishonlari HAMASning G‘azodagi harbiy rahbari Muhammad Deyf va uning o‘rinbosari, brigada qo‘mondoni Rafaa Salameh bo‘lgan.

"Bu ikkisi yo‘q qilinganiga hali ham mutlaq ishonch yo‘q", deya holatni izohlagan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.

Falastin tomoni Muhammad Deyf tirik qolganini da’vo qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi