
Foto: imago/Mario Aurich
Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson 14 iyul, yakshanba kuni uning palatasi AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd holati bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazishini aytdi.
«Vakillar palatasi fojiali voqealar bo‘yicha to‘liq tekshiruv o‘tkazadi. Amerika xalqi haqiqatni bilishga loyiqdir. Biz Maxfiy xizmat direktori Kimberli Chitlni hamda Ichki xavfsizlik departamenti va FTB boshqa tegishli rasmiylarini eshituvlarga taklif qilamiz», deb yozgan u.
Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik bo‘yicha qo‘mitasi 22 iyul kuni suiqasd yuzasidan tergovga oid eshituvlar o‘tkazadi, deb xabar berdi qo‘mita rahbari, respublikachi Jeyms Komer X ijtimoiy tarmog‘ida. Sobiq va hozirgi Amerika rahbarlarini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot - AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl ham yig‘ilishga taklif qilindi. Reuters ta’kidlaganidek, tergovning diqqat markazida otishma uyushtirgan shaxs qanday qilib o‘q uzgan bino tomiga yashirinib o‘tishga muvaffaq bo‘lganini aniqlash bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar