14:36 / 15.07.2024
150

Afg‘onistonda energetik ichimliklar suv va choy o‘rnini egallamoqda

Afg‘onistonda energetik ichimliklar suv va choy o‘rnini egallamoqda
Foto: The Guardian
Afg‘onistonda energetik ichimliklarni iste’mol qilish keskin ko‘paydi. “Daryo” muxbiri vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchilar va Mozori Sharif fuqarolari bilan suhbatlashdi.

Hozirgi kunda alkogolsiz ichimliklar Mozori Sharifning barcha do‘konlarida ko‘paygan. Bundan tashqari ular marosim va tadbirlarda suv va choy o‘rnini ham asta-sekin egallamoqda. Energetiklar jismoniy quvvatni oshirishi haqidagi reklamalar odamlarni mahsulotni sotib olishga undamoqda. Garchi shirin va kofeinli ichimliklar salomatlik uchun xavfli bo‘lsa ham.

Quvvat beruvchi gazlangan va gazsiz ichimliklar Afg‘onistonning to‘rt viloyati Qandahor, Kobul, Hirot va Balxda ishlab chiqariladi”, deydi energetiklar ishlab chiqaruvchi Sayid Fazlulloh Sada.

U bundan 18 yil avval Afg‘onistonda hech kim gazli energetiklar ichmagani, endilikda vaziyat o‘zgarib, odamlar unga o‘rganib qolganini aytmoqda.

Odamlar mahsulot arzonligi sababli ham unga qiziqish bildirmoqda, ammo arzon energetiklar sifatli emas, uni ichish inson salomatligiga zarar yetkazadi”, deydi Sada.

U xalqaro standartlarga asosan salqinlashtiruvchi va gazsiz ichimliklar tayyorlab, O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Mozori Sharifdagi do‘kon egasi Qiamuddinning aytishicha, uning do‘konida hech bir tovar energetiklar kabi sotilmaydi va daromadining katta qismi ham mazkur savdodan keladi.

Kollaj: “Daryo
O‘tgan yillarda O‘zbekiston Fantasi shahardagi do‘konlarda Toshkent Fantasi nomi bilan tanilgandi, yaxshi narxlarda sotilardi, ya’ni bir yarim litri 100 afg‘oni (salkam 18 ming so‘m) turardi. Lekin hozir soliq yuqori bo‘lgani uchun uni hech kim import qilmaydi, odamlarning sotib olishga imkoni yo‘q. Ayrim do‘konlarda uchraydigan Toshkent Fantasi esa 160 afg‘oni turadi”, deydi Qiamuddin.

Mozori Sharifdagi sotuvchilardan yana biri Muhammad Nasimning “Daryo” muxbiriga aytishicha, alkogolsiz ichimliklar va energetiklar iste’moli nafaqat shaharda, balki qishloqlarda ham keng tarqalgan.

Eng yomoni, odamlar kasal bo‘lgan bemorlar holidan xabar olish uchun gazlangan energetiklar yoki alkogolsiz ichimliklar xarid qiladi”, deydi u.

Mozori Sharif bozoridagi energetik ichimliklar narxi 15 afg‘onidan 25 afg‘onigacha (2,5 mingdan 45 ming so‘mgacha) sotiladi. “Daryo” muxbiri Afg‘onistonda ishlab chiqarilayotgan turli energetik ichimliklar narxi va nomi haqida ma’lumot berdi.

Red Bull — 250 afg‘oni (45 ming so‘m);
Munster — 125 afg‘oni (22 ming so‘m);
Alokozay, Viktor va Hit — 33 afg‘onidan (salkam 6 ming so‘mdan) ;
Atak — 28 afg‘oni (5 ming so‘m);
Power, Ising — 14 afg‘onidan (2,5 ming so‘mdan);
X-Charge, A-one, One, Giles, Bit, Run, Parwaz va Mega — 15 afg‘onidan (3 ming so‘mdan);
X-Bull, Happy Munster, Stink — 22 afg‘onidan (salkam 4 ming so‘mdan);
Rani — 21 afg‘oni (salkam 4 ming so‘m);

Foto: “Daryo”
Paradator va Miranda — 20 afg‘onidan (3,5 ming so‘mdan);
Karabaw va Ginsing — 46 afg‘onidan (8 ming so‘mdan ziyod);
Boom Boom va Big Bear — 60 afg‘onidan (10 ming so‘mdan ziyod;
Sunich — 34 afg‘oni (6 ming so‘m);
Paramida va Ruyall anor sharbati —16 afg‘onidan (salkam 3 ming so‘mdan);

Xorijiy energetiklar

Hops (Turkiya) — 55 afg‘oni (salkam 10 ming so‘m);
Gorilla (Rossiya) — 80 afg‘oni (14 ming so‘m);
Nedru (Rossiya) — 65 afg‘oni (salkam 12 ming so‘m);
Reef (Pokiston) — 14 afg‘oni (2,5 ming so‘m);
Flash Energy (O‘zbekiston) — 70 afg‘oniga (12,5 ming so‘m) sotilmoqda.

Foto: “Daryo”
Avvallari Afg‘onistonga alkogolsiz ichimliklar xorijdan olib kelingan bo‘lsa, hozir oila, ziyofat dasturxonlari, restoranlar, kafe va do‘konlarda ko‘rinadigan barcha turdagi ichimliklar Afg‘onistondagi zavodlarda ishlab chiqarilmoqda.

Yaqinda ham Afg‘oniston Yevropa va Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Amerika, Rossiya hamda Qozog‘istonga barcha turdagi energetiklar, gazlangan va gazsiz ichimliklar eksport qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z hisobotida energetik ichimliklar iste’molining ko‘payishi aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligiga tahdid solishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ayrim Yevropa mamlakatlarida, masalan, Shvetsiyada bolalarga energetik ichimliklar sotish taqiqlangan.

Buyuk Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar energetik ichimliklar iste’mol qilmaydi, homilador va emizikli ayollar uchun energetik ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Uzoqqa bormaylik, qo‘shni Qirg‘izistonda energetik ichimliklar olib kirish va sotish taqiqlanadi. Qozog‘istonda esa 21 yoshga to‘lmaganlarga energetik ichimlik sotish taqiqlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda energetik ichimliklar suv va choy o‘rnini egallamoqda