18:30 / 15.07.2024
198

Trampning sobiq maslahatchisi “Tolibon” rejimini ag‘darishga chaqirdi

Trampning sobiq maslahatchisi “Tolibon” rejimini ag‘darishga chaqirdi
Foto: Mid Day
Agar Donald Trampning Respublikachilar jamoasi Oq uyga kelsa, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston “Tolibon” harakati bilan Doha kelishuvini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqdagi AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton xabar berdi.

Avvalroq Bolton Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotlar bergan edi. Unga ko‘ra, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Afghanistan International nashriga bergan intervyusida “Tolibon” rejimini ag‘darish tarafdori ekanini aytib, buni Afg‘onistondagi cho‘zilgan inqirozni hal qilishning yagona yo‘li deb baholagan.

Bolton amerikaliklar 2020 yil fevral oyi oxirida Dohada tuzgan “Tolibon” bilan kelishuv shartlarini amalda qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Ushbu kelishuvga muvofiq, “Tolibon” Qo‘shma Shtatlar xavfsizligiga rahna soluvchi “Al-Qoida” va “Islomiy davlat”ning (ISHID) Afg‘oniston hududidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini olgan edi.

Afg‘on muxolifatiga ko‘ra, Doha shartnomasiga maxfiy moddalar ilova qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Vashington Amerika xavfsizligini ta’minlagani uchun “Tolibon” xizmatlariga haq to‘lash majburiyatini olgan. Afg‘on razvedkasining sobiq rahbari Amrullo Solihning da’vo qilishicha, uch yildan beri Qo‘shma Shtatlar har hafta Tolibonga 40 milliondan 80 million dollargacha naqd pul o‘tkazib kelmoqda.

Bolton “Tolibon”ni Amerika tomoni tomonidan real moliyalashtirish amaliyotini to‘xtatishni talab qilgan. Trampning sobiq maslahatchisiga ko‘ra, AQSH guruhdan razvedka ma’lumotlarini olish uchun pul to‘lamasligi kerak. Bolton, shuningdek, AQSH razvedka xizmatlari vakillari va “Tolibon”ning Bosh razvedka boshqarmasi rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvlarga qarshi chiqqan.

Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi ikki razvedka xizmati rahbarlari o‘rtasidagi muloqot AQSH manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligi va bu “Tolibon” uchun ko‘proq foydaliroq ekanligiga ishonch bildirgan.

Boltonning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi Qarshilik kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishi kerak, bu esa “Tolibon”ning ag‘darilishini tezlashtiradi va mamlakatdagi siyosiy inqirozdan chiqish uchun old shart-sharoitlar yaratadi.

Vashingtonning emissarlari so‘nggi uch yil davomida “Tolibon” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Afg‘oniston qarshilik harakati vakillariga ko‘ra, agar AQSH moliyaviy yordami bo‘lmaganida, “Tolibon” allaqachon qulagan bo‘lardi.

Boltonning bayonoti xolisona rol o‘ynaydi, bu bizga “Tolibon”ning haqiqiy ittifoqchisi kim ekanligini, ular kimning qo‘lidan oziqlanayotganini eslatib turadi, deydi afg‘on siyosatchilaridan biri.

Afg‘oniston razvedka xizmatining bir qator sobiq xodimlariga ko‘ra, Boltonning bayonotlari Amerika jamoatchilik fikrini Qo‘shma Shtatlarning Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi “buyuk o‘yin”ga faolroq qaytishiga tayyorlovchi sifatida baholanishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Dushanbe va Islomobodni mintaqada ISHIDga qarshi kurashish uchun kuchlarni birlashtirishni taklif qilmoqda.

Afg‘onistonlik sobiq razvedkachilarga ko‘ra, Pokiston razvedka xizmatlari, Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan holda, bir necha ming sobiq afg‘on harbiylarini, “Tolibon” va ISHIDga muxolif bo‘lgan va ularga qarshi kurashishga tayyor bo‘lganlarni Shimoliy-G‘arbiy Pokiston joylashtirish uchun faol kampaniya boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning sobiq maslahatchisi “Tolibon” rejimini ag‘darishga chaqirdi