10:46 / 17.07.2024
20

Bayden: “Falastin jamiyati uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qilganman”

Bayden: “Falastin jamiyati uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qilganman”
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilni qo‘llab-quvvatlashi haqida gap ketganida, u “Falastin hamjamiyati uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qilganini” aytdi. Bu haqda The Hill xabar berdi.

Siyosatchidan nega AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi “juda kuchli” ekani so‘ralgan.

Agar Isroil bo‘lmaganida, dunyodagi har bir yahudiy xavf ostida qolardi va qoladi. Shuning uchun u kuchli bo‘lishi kerak va Isroil Ikkinchi Jahon urushidan keyin ... yahudiylar uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim”, — dedi Bayden.

Shuningdek, AQSH prezidenti sionist ekanini ta’kidladi.

Ammo sionist bo‘lish uchun yahudiy bo‘lish shart emas va savol shundaki, Isroil yahudiylar uchun tarixiy ta’qiblar tufayli xavfsiz boshpana bo‘la oladimi yoki yo‘q?”, — dedi u va odamlar sinoist nimaligini tushunmasligini aytdi.

Darvoqe, men Falastin jamoatchiligi uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qilganman. Men barcha aktivlarni ochgan odamman. Misrliklarni chegaralarni ochishga ko‘ndirganman, ular orqali tovarlar, dori-darmonlar va oziq-ovqatlar yetkaziladi. Falastinliklarni juda qo‘llab-quvvatlaganman. Ammo Hamas bir to‘da bezorilardir”, — dedi AQSH prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden: “Falastin jamiyati uchun boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qilganman”