15:42 / 17.07.2024
113

Shimoliy Koreya diplomati oilasi bilan Janubiy Koreyaga qochib ketdi

Shimoliy Koreya diplomati oilasi bilan Janubiy Koreyaga qochib ketdi
Foto: “faz.net”
Kubadagi elchixonada ishlagan Shimoliy Koreya diplomati oilasi bilan Janubiy Koreyaga qochib ketgan. Hodisa o‘tgan yili sodir bo‘lgan, biroq bu haqda endi e’lon qilinmoqda.

Seul razvedkasi diplomatning qochib ketganini tasdiqlagan. Qayd etilishicha, Ri Il Gyu ismli yuqori martabali amaldor Kubada to‘qqiz yil ishlagan, biroq 2023 yil noyabrida to‘satdan o‘z lavozimini tark etgan. Amaldor KXDR rejimidan hafsalasi pir bo‘lganini aytgan. Qochishga Tashqi ishlar vazirligidagi korrupsiya, shuningdek, hukumat uning davolanish uchun Meksikaga borish haqidagi iltimosini rad etgani sabab bo‘lgan.

Ri Il Gyu Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Tashqi ishlar vazirligiga nisbatan munosabatini tanqid qilib, ikki yuqori martabali diplomat taqdiri haqida gapirgan. Muammo 2017 yilda Kim Chen In Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilganida paydo bo‘lgan, biroq na tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo, na birinchi o‘rinbosar Kim Ke Gvan javob bergan.

Qochoq diplomat KXDR sobiq tashqi ishlar vaziri Xan Son Reyol AQSH foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib qatl etilgani, vazir esa 2019 yil dekabr oyida korrupsiyada ayblanib, oilasi bilan birga siyosiy lagerga jo‘natilganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya diplomati oilasi bilan Janubiy Koreyaga qochib ketdi