00:38 / 18.07.2024
108

UXX sobiq polkovnigi: “Ukrainadagi mojaro bir necha muhim janglardan so‘ng barham topishi mumkin”

UXX sobiq polkovnigi: “Ukrainadagi mojaro bir necha muhim janglardan so‘ng barham topishi mumkin”
Foto: AP
Ukrainadagi janglar tugagunga qadar bir nechta harbiy tadbirlar bo‘ladi, deya Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) iste’fodagi polkovnigi Oleg Starikov xabar berdi.

Bitta yoki bir nechta harbiy voqealarni ichiga olgan umumiy jang paradoksal ravishda tinchlik uchun bo‘ladi, deya ta’kidlagan ekspert.

Starikovning qayd etishicha, strategik tashabbus Rossiyaga tegishli, chunki u o‘z iqtisodiyotini qayta konfiguratsiya qilgan, dollardan uzoqlashgan va harbiy-sanoat kompleksini tashkil qilgan. UXX sobiq polkovnigi Moskva millionlab snaryadlar ishlab chiqarishini va strategik front ortiga ega ekanini qo‘shimcha qilgan. Kiyevda esa bu rolni NATOdagi hamkorlari o‘ynamoqda.

Hamkorlarimiz qancha snaryad va’da qilishdi? Million! Biroq yig‘ishmadi. Gap shundaki, ular hattoki bunday miqdorni ishlab chiqarmoqchi ham emas, deya xulosa qilgan Starikov.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov birgina may oyida Ukraina 35 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 2,7 mingdan ortiq qurol-yarog‘ini yo‘qotganini aytgan edi. Shuningdek, u G‘arb davlatlari Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, razvedka ma’lumotlarini uzatish va ukrainalik askarlarni tayyorlash orqali bu mamlakatdagi qurolli mojaroni cho‘zayotganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » UXX sobiq polkovnigi: “Ukrainadagi mojaro bir necha muhim janglardan so‘ng barham topishi mumkin”