10:02 / 18.07.2024
635

Dubay amirining qizi ajrashganini noodatiy tarzda e’lon qildi

Dubay amirining qizi ajrashganini noodatiy tarzda e’lon qildi
Dubay hukmdorining qizi to‘yidan bir yil o‘tib, eridan ajrashganini ma’lum qildi. Shayxa Mahra bintu Muhammad ibn Rashid Al Maktum to‘ydan bir yil o‘tib, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini e’lon qildi. Shayxa buning juda noodatiy usulini tanladi.

Dubay hukmdorlari xonadonida oilaviy janjallarni omma oldiga olib chiqish odat tusiga kirmagan. Biroq shayxa Mahra urf-odatlar va o‘rnatilgan me’yorlarga qaramay, eridan ajrashganligini oshkora e’lon qildi. Mahra o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida uch marta “Men sen bilan ajrashaman” jumlasini yozgan. Ma’lumki, islom shariati bo‘yicha nikoh bekor deb hisoblanishi uchun uch marta taloq aytish kerak.

Malikaning obunachilari butunlay hayratda qolib, bunga nima sabab bo‘lganiga hayron bo‘lishdi. Ba’zilar eri Man al Maktum unga xiyonat qilgan, boshqalari tug‘uruqdan keyingi depressiya haqida o‘ylashgan, boshqalari hatto malikaning akkauntini hakkerlar buzgan deb ham taxmin qilmoqda. Mahraning bu posti ancha shov-shuvga sabab bo‘lgani aniq.

Ammo shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy tarmoqdagi xabarga ko‘ra, Mahra haqiqatan ham erini xiyonatda gumon qilmoqda. U bu haqda Manuga murojaatida ishora qilgan.

Qadrli, erim. Siz boshqalar bilan band ekansiz, men ajrashganimizni ma’lum qilaman. Men siz bilan ajrashaman, men siz bilan ajrashaman, men siz bilan ajrashaman. Sobiq xotiningiz”, degan malika o‘z postida.

Eslatib o‘tamiz, Mahra va shayx Man ibn Muhammad Al Maktumning dabdabali to‘yi 2023 yil yozida bo‘lib o‘tgan. O‘sha yilning oktyabr oyida Dubay hukmdorining qizi qiz farzand kutayotganini e’lon qilgandi.

Mazkur ajralish Dubay hukmron oilasida birinchi ommaviy hodisa emas. BAA hukmdori Muhammadning sobiq rafiqlaridan biri malika Xayya shov-shuvli janjal ko‘tarib, eridan qochib ketgandi. U hozir Londonda yashaydi. Muhammadning ikki to‘ng‘ich qizi — shayxa Latifa va shayxa Shams ham qochishga uringan, biroq otalari ularni Dubayga qaytargan va shundan beri ulardan hech qanday xabar yo‘q.

Shayxa Mahraning otasi bilan munosabatlari yaxshi edi. Uning onasi Zoya Grigorakos gretsiyalik — Mahra ham 16 yoshigacha onasi kabi xristian bo‘lgan, unga ko‘proq erkinlik berilgan. Muhammad va Zoya ajrashgach, ayol qizi bilan Afinaga jo‘nab ketadi. Keyinchalik qiz BAAdagi hayotni tanlagan va islomni qabul qilgan. U hozir ham Dubayda yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay amirining qizi ajrashganini noodatiy tarzda e’lon qildi