18:46 / 18.07.2024
160

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti rahbari: “Tolibon” AQSH puliga jihod maktablari qurmoqda

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti rahbari: “Tolibon” AQSH puliga jihod maktablari qurmoqda
Foto: AFP
“Tolibon” AQSH pullarini jihodchilar maktablarini qurish uchun ishlatmoqda. Bu haqda Afg‘oniston milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’ud ma’lum qildi.

Amerikalik jurnalist Shon Rayan bilan suhbatda Mas’ud “Tolibon” Amerika pullaridan foydalanish uchun 900 ta nodavlat tashkilot tuzganini aytgan. U Amerikaning “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonga moliyaviy yordamini davom ettirishi “xavfli oqibatlarga” olib kelishidan ogohlantirgan.

Milliy qarshilik fronti yetakchisiga ko‘ra, Amerika ko‘magida toliblar narkotrafikni hisobga olmaganda yiliga yarim milliard dollarga yaqin daromad olishga muvaffaq bo‘lgan.

Suhbatning yana bir qismida u xorijlik harbiylar Afg‘onistonga mashg‘ulot o‘tkazish uchun kelib, yana chiqib ketishlarini ham ta’kidlagan.

"Biz xorijlik jangchilar qayerga ketayotganini bilmaymiz", deya qo‘shimcha qilgan u.

Aksar amerikalik rasmiylar AQSHning Afg‘onistondagi “Tolibon”ga bergan yordami behuda ketayotganidan xavotir bildirgan. Ushbu xavotirlarga javoban AQSH Kongressi Vakillar palatasi joriy oy boshida “Tolibon”ga moliyaviy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan.

Vakillar palatasi AQSH soliq to‘lovchisining birorta ham dollari “terrorchilar”ga tegmasligi kerakligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston milliy qarshilik fronti rahbari: “Tolibon” AQSH puliga jihod maktablari qurmoqda