21:41 / 18.07.2024
64

Avstriya muhojirlarni ishlashga majbur qilmoqda

Avstriya muhojirlarni ishlashga majbur qilmoqda
Foto: AFP
Avstriya Ichki ishlar vazirligi boshpana izlovchilar uchun yangi qoidalarni e’lon qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, endi migrantlar davlat va mahalliy hukumat idoralari, kichik kompaniyalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda xayriya ishlarini bajarishlari kerak bo‘ladi.

Hukumat shu yo‘l bilan boshpana izlovchilarning hayotini tartibga solishga va ularda Avstriya madaniyati, ijtimoiy qoidalar hamda urf-odatlari haqida aniq tushunchalarni shakllantirishga umid qilmoqda. Majburiy darslar davomida tashrif buyuruvchilarga bir xil qadriyatlar singdirilishi ko‘zda tutilgan.

Bunday majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlarning maoshlari ikki barobarga kamayadi, deyiladi xabarda.
IIVning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning kuchaytirilishi Avstriyaning ijtimoiy tuzilmalariga yukni sezilarli darajada kamaytirgan. IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakat sharqiga, Vengriya chegarasi orqali 300 dan ortiq muhojir kelgan, bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 10 ming nafarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriya muhojirlarni ishlashga majbur qilmoqda