11:43 / 19.07.2024
196

Rossiyalik MMA jangchisi aeroportda sayyohni kaltakladi

Rossiyalik MMA jangchisi aeroportda sayyohni kaltakladi
Foto: Yaplakal
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi, deb xabar bermoqda Mash telegram kanali.

Manbaga ko‘ra, sportchi erkakka hujum qilgan. Aleksandrning aytishicha, erkak va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan.

Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga Vnukovo xodimi — golf mashina haydovchisi ham mushtlashuvda ishtirok etgan.

Larkin haydovchi bilan birga hibsga olingan va tushuntirish berilganidan keyin uyiga qo‘yib yuborilgan. Shuningdek, Aleksandrning do‘stlari huquq-tartibot idoralari kelguniga qadar jo‘nab ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik MMA jangchisi aeroportda sayyohni kaltakladi